Buxoro tumani: “Porloq Istiqbol Muhriddin” fermer xöjaligi takroriy ekinlardan mömay daromad olmoqda
2026-11-18 14:30:00 / Yangiliklar

Buxoro tumani Qöşxodim mahallasida faoliyat yuritayotgan “Porloq Istiqbol Muhriddin” fermer xöjaligi qişloq xöjaligi yerlaridan oqilona va samarali foydalaniş, takroriy ekin ekiş orqali qöşimça daromad oliş borasida yaxşi natijalarga erişmoqda.
Fermer xöjaligi rahbari Muhsin Şodiyev boşçiligida jami 30 gektar yer maydonida dehqonçilik işlari olib borilmoqda. Şundan 10 gektariga ğalla ekilgan bölib, hosil yiğib olingaç, böşagan yer maydonlaridan unumli foydalanişga alohida e’tibor qaratilgan.
Jumladan, ğalladan böşagan maydonlarning 3 gektarida fermer xöjaligining özi sabzi yetiştirişni yölga qöygan. Qolgan maydonlar esa mahalla aholisiga takroriy ekin ekiş uçun taqsimlab berilgan. Bu orqali nafaqat yerning samaradorligini oşiriş, balki aholiga ham öz mehnati bilan qöşimça daromad topiş imkoniyati yaratilgan.
Bugungi kunda sabzi yetiştirişda erişilgan natijalar ham e’tiborga molik. Har bir gektar maydondan örtaça 40 tonnadan hosil olinib, 3 gektar maydondan jami 120 tonna mahsulot yetiştirilmoqda. Bu körsatkiç fermer xöjaligining yerga bölgan e’tibori, dehqonçilikdagi tajribasi va samarali mehnati natijasidir.
Fermer xöjaligining yana bir e’tiborga molik jihati — yetiştirilgan mahsulotni sotiş masalasiga bölgan yondaşuvidir. Hozirgi vaqtda bozorlarda sabzining bir kilogrammi örtaça 2 500 sömdan sotilayotgan bölsa-da, fermer mahsulotni şoşilinç ravişda sotiş örniga, uni maxsus sovutkiçli omborlarda saqlaşni rejalaştirgan.
Asosiy maqsad — sabzini sifatini yöqotmagan holda saqlab, erta bahorda bozorlarga çiqariş va mavsumiy talabdan samarali foydalaniş orqali xöjalik daromadini yanada oşiriş. Bu yondaşuv qişloq xöjaligida mahsulot yetiştiriş bilan bir qatorda uni saqlaş va bozorga qulay vaqtda çiqariş ham muhim iqtisodiy ahamiyatga ega ekanini körsatadi.
Albatta, bunday tajribalar qişloq xöjaligi yerlaridan yil davomida samarali foydalaniş, takroriy ekinlar hisobiga oziq-ovqat mahsulotlari yetiştiriş hajmini köpaytiriş, aholi bandligi va daromadlarini oşirişda muhim örin tutadi.
Muhsin Şodiyev boşçiligidagi fermer xöjaligi faoliyati şuni körsatadiki, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalaniş, mehnat va taşabbusni birlaştiriş orqali yerning har bir qariçidan unumli foydalaniş, möl hosil yetiştiriş va qöşimça daromad manbalarini yaratiş mumkin.
Zero, yerdan samarali foydalaniş — möl hosil, baraka va aholi farovonligining muhim omilidir!









