Buxoro tumani: Rabotipoyonlik Hakima Sodiqova matoga toş bosiş orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlamoqda
2026-11-17 17:50:00 / Yangiliklar

Tadbirkorlik — nafaqat daromad manbai, balki yangi imkoniyatlar yaratiş, aholi bandligini ta’minlaş va jamiyat rivojiga hissa qöşiş demakdir. Buxoro tumani Rabotipoyon mahallasida istiqomat qiluvçi Hakima Sodiqova ana şunday taşabbuskor ayollardan biridir.
U 20 yildan ortiq vaqt davomida bozorda ayollar kiyimlari uçun möljallangan matolar savdosi bilan şuğullanib keladi. Yillar davomida orttirgan tajribasi orqali bozordagi talab va ehtiyojlarni yaxşi örgangan. Ayniqsa, toşlar bilan bezatilgan matolarga talab yuqoriligi, bunday mahsulotlarning çetdan qimmat narxlarda olib kelinişi unda yangi ğoyani şakllantirdi.
«Nega bu işni özimizda yölga qöymasligimiz kerak?» degan fikr bilan u izlanişga kirişdi. Natijada Xitoydan matolarga toş bosiş uçun maxsus dastgohlar olib kelib, olti oy avval uşbu faoliyatni yölga qöydi.
Bugungi kunda Hakima Sodiqova nafaqat öz tadbirkorligini rivojlantirmoqda, balki 15 dan ortiq mahalladagi işsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlaşga ham hissa qöşmoqda. Ularning mehnati orqali matolarga zamonaviy bezaklar tuşirilib, xaridorlar talabiga mos mahsulotlar tayyorlanmoqda.
Eng e’tiborlisi, uşbu taşabbus xotin-qizlarga öz mahallasida mehnat qiliş, yangi könikmalarni egallaş va oilasi daromadini oşiriş imkoniyatini bermoqda.
Bir paytlar oddiy savdo faoliyatidan boşlangan izlaniş bugun yangi işlab çiqariş yönalişiga, köplab ayollar uçun esa daromad manbaiga aylanmoqda.
Hakima Sodiqovaning faoliyati tadbirkorlikda kuzatuvçanlik, taşabbuskorlik va qat’iyat yangi imkoniyatlar eşigini oçişini namoyon etadi. Eng muhimi, bu imkoniyatlar orqali boşqa insonlarning ham bandligi va daromadini ta’minlaşga erişilmoqda.






