Buxoro tumani hokimi Anvarjon Oçilovning navbatdagi sayyor qabuli Istiqbol mahallasida bölib ötdi.
2026-11-17 13:35:00 / Yangiliklar

Sayyor qabul davomida mahalla aholisi özlarini qiynab kelayotgan turli masalalar yuzasidan murojaat qilib, mavjud muammo va takliflarini bevosita tuman hokimiga bayon etdilar.
Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglanib, har bir masala yuzasidan tegişli mutasaddilarning axborotlari eşitildi. Murojaatlarni joyida örganiş, ularni qonuniy tartibda hal etiş hamda ijrosini ta’minlaş böyiça mas’ullarga aniq topşiriq va körsatmalar berildi.
Xususan, fuqarolar tomonidan ijtimoiy masalalar, infratuzilmani yaxşilaş, obodonlaştiriş, kommunal xizmatlar hamda boşqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Tuman hokimi har bir murojaatga alohida e’tibor qaratib, imkoniyati mavjud masalalarni joyida hal etiş, qöşimça örganiş talab etiladigan murojaatlarni esa tegişli mutasaddilar tomonidan nazoratga oliş va qonuniy tartibda hal etiş yuzasidan topşiriqlar berdi.
Bunday sayyor qabullar aholining muammo va takliflarini bevosita joyiga çiqqan holda örganiş, fuqarolar bilan oçiq muloqotni mustahkamlaş hamda murojaatlarning amaliy yeçimini ta’minlaşga xizmat qilmoqda.
Har bir murojaat ortida inson taqdiri, har bir yeçim ortida esa inson qadri mujassam.









