Buxoro tumanida navbatdagi rahbarlar va yoşlar uçraşuvi bölib ötdi
2026-11-12 14:30:00 / Yangiliklar

Haftaning har payşanba kuni “Yoşlar kuni” doirasida yoşlar bilan oçiq muloqotlar taşkil etiş, ularning muammo va takliflarini örganiş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda murojaatlariga amaliy yeçim topişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Şu maqsadda bugun, 12-noyabr kuni Buxoro tumani hokimi Anvarjon Oçilov boşçiligida tuman rahbarlari iştirokida navbatdagi rahbarlar va yoşlar uçraşuvi bölib ötdi. Buxoro tumani hokimligida taşkil etilgan oçiq muloqotda 50 nafardan ortiq yoşlar iştirok etdi.
Uçraşuv davomida ta’lim olayotgan, turli sohalarda faoliyat yuritayotgan, iş izlayotgan hamda tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagidagi yoşlarning murojaatlari, muammo va takliflari bevosita tinglandi.
Yoşlar tomonidan bildirilgan murojaatlarning har biri tegişli mas’ul rahbarlar iştirokida körib çiqilib, ularni hal etiş yuzasidan zarur çoralar belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bölsa, qöşimça örganiş va vaqt talab etadigan murojaatlar böyiça mas’ullarga aniq topşiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Muloqot davomida yoşlar bandligini ta’minlaş, ularni kasb-hunarga yönaltiriş, tadbirkorlik faoliyatini boşlaş uçun zarur kömak körsatiş, şuningdek, ta’lim va sport sohalaridagi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bunday oçiq muloqotlar yoşlarning muammolarini öz vaqtida aniqlaş, ularning taklif va taşabbuslarini amaliy qöllab-quvvatlaş hamda davlat idoralari bilan yoşlar örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qila








