BUXORO TUMANI FAVQULODDA VAZIYATLAR BÖLIMI BOŞLIĞI MAYOR TOIROV RAHMATJON AKRAMOVIÇNING MUROJAATNOMASI
2026-11-09 09:30:00 / Yangiliklar

Hurmatli Buxoro tumani aholisi va mehmonlari!
Kuz-qiş mavsumida xonadonlarimizda isitiş moslamalari, tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalaniş hajmi sezilarli darajada ortadi. Uşbu davrda xavfsizlik qoidalariga yetarliça e’tibor bermaslik oqibatida jiddiy baxtsiz hodisalar, ayniqsa, is gazidan zaharlaniş holatlari yuzaga kelişi mumkin.
Har bir insonning hayoti va soğliği biz uçun eng oliy qadriyatdir. Şu munosabat bilan tumanimiz ahliga quyidagi muhim qoidalar va çoralarni eslatib ötişni burçimiz deb bilamiz.
1. Is gazi özi nima va u qanday xavf tuğdiradi?
Is gazi (uglerod oksidi — CO) — rangsiz, hidsiz, ta’msiz va közga körinmaydigan öta zaharli gaz.
U tabiiy gaz, kömir yoki ötinning kislorod yetişmasligi oqibatida çala yonişi hamda dudburonlar (mörilar) orqali tutunning töliq çiqib ketmasligi sababli xona havosida töplanadi.
Hidsiz va körinmas bölgani bois inson uning mavjudligini öz vaqtida payqamaydi, oqibatda çuqur zaharlaniş va oğir asoratlarga olib keladi.
2. Is gazi mavjudligini va zaharlaniş alomatlarini qanday aniqlaş mumkin?
Texnik jihatdan aniqlaş:
Xonadonga maxsus gaz sizib çiqişi va is gazini aniqlovçi datçiklar (detektorlar) örnatiş orqali xavfni darhol signal beriş bilan aniqlaş mumkin.
Inson tanasidagi dastlabki zaharlaniş belgilari:
Boş aylanişi, çakka sohasida qattiq löqillab oğriq bölişi;
Köngil aynişi va qusiş;
Umumiy holsizlik, madorsizlik, uyquçanlik;
Köz tinişi, quloqlarda şovqin eşitilişi va nafas qisişi.
3. Is gazining oldini oliş uçun nima qiliş şart?
Qiş mavsumi boşlanişidan oldin peçlar, qozonxonalar (kotyollar) va dudburonlarning sozligi hamda tozaligini mutaxassislarni jalb qilgan holda töliq körikdan ötkazing.
Nostandart, qölbola, sertifikatga ega bölmagan yoki nosoz isitiş moslamalaridan qat’iyan foydalanmang.
Xonani isitiş maqsadida gaz plitalarini uzoq vaqt yoqib qöymang va ularni qarovsiz qoldirmang.
Xonalardagi ventilyatsiya (şamollatiş) kanallari oçiq va toza ekanligiga doimiy işonç hosil qiling.
Isitiş moslamalari işlayotgan xonalarni muntazam şamollatib turing.
4. Is gazi aniqlanganda yoki zaharlaniş alomatlari sezilganda zudlik bilan qilinadigan harakatlar:
Eşik va derazalarni zudlik bilan keng oçib, xonani toza havo bilan ta’minlang.
Gaz ta’minoti kranini darhol yoping. Portlaş xavfining oldini oliş uçun elektr çiroqlari va asboblarini yoqmang yoki öçirmang, gugurt çaqmang.
Jabrlanuvçini darhol toza havoga olib çiqing, kiyimlarining yoqasini va kamarini yeçib, erkin nafas oliş şaroitini yarating.
Zarurat tuğilganda, tibbiy yordam kelgunga qadar sun’iy nafas beriş çoralarini köring.
Şoşilinç xizmatlarga darhol xabar bering:
103 — Tez tibbiy yordam;
101 yoki 112 — Favqulodda vaziyatlar qutqaruv xizmati;
104 — Gaz avariya-dispetçerlik xizmati.
Hurmatli hamyurtlar!
Özingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qöymang. Xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiling!
