Rasmiy munosabat
2026-10-30 14:05:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahrida ariq suvi yo‘lga toshib chiqqani va harakatlanishda noqulaylik yuzaga kelgani haqida xabar e’lon qilindi.
Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Haqiqatan ham, Buxoro tumani Gulshanobod mahallasi hududidan o‘tuvchi temiryo‘l yaqinidagi ariqda turli chiqindilarning to‘planib qolishi natijasida suv oqimi to‘silib, ariq suvi yo‘lga toshgan.
Holat aniqlanishi bilan mas’ul xizmatlar tomonidan zudlik bilan tegishli choralar ko‘rilib, ariqdagi chiqindilar tozalandi va yuzaga kelgan muammo bartaraf etildi.
Ayni paytda mazkur hududda suv oqimi tiklangan.
