Rasmiy munosabat
2026-10-23 22:55:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro tumani Mustaqillik mahallasi Mustaqillik ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan yo‘lni asfaltlashtirish masalasida murojaat e’lon qilindi.
Mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Murojaatda ko‘rsatilgan yo‘l O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yildagi 664-son qarori asosida asfaltlashtirilishi belgilangan.
Ushbu ko‘chada asfaltlashtirish ishlari 2026-yilning IV choragi yakuniga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mazkur masala Buxoro tumani hokimligi tomonidan nazoratga olingan.
