Raddiya
2026-10-28 21:25:00 / Yangiliklar
Ishonch telefoni faoliyat yuritmoqda
“Овози тоҷик” gazetasining 2026-yil 28-oktabrdagi 86-sonida “Az zanghoi bejavob to ma’lumoti nodurust” (“Javobsiz qo‘ng‘iroqlardan tortib noto‘g‘ri ma’lumotlargacha”) sarlavhasi ostida ishonch telefonlari faoliyati o‘rganilganligi haqida maqola chop etilgan.
Mazkur xabar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Buxoro tumani hokimligiga tegishli +998 65 542-57-62 raqamli ishonch telefoni faoliyat yuritmoqda.
Ushbu ishonch telefoni orqali fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda tegishli choralar ko‘rish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
Shu munosabat bilan, Buxoro tumani hokimligining ishonch telefoni faoliyat yuritayotganini ma’lum qilamiz.
