Buxoro tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi
2026-10-21 10:35:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 21-oktabr kuni Buxoro tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Alibek Do‘stovning tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolarning turli mazmundagi murojaatlari, muammo va takliflari tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berilib, ko‘tarilgan masalalarni qonunchilik doirasida o‘rganish va hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish maqsadida tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlariga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yechim topish vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.
Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolar murojaatlariga e’tiborli bo‘lish va ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.


