Navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-09-29 10:35:00 / Yangiliklar

Buxoro tumanida fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yechim topishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Buxoro tuman hokimining 1-o‘rinbosari Sarvar Ochilov tomonidan tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan bandlik, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, moddiy ko‘mak, yer va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga amaliy yordam ko‘rsatish va muammolarni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Murojaatlarning ijrosi mas’ullar tomonidan nazoratga olinib, fuqarolarga ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.


