Oybek mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
2026-09-29 17:30:00 / Yangiliklar

Buxoro tumanida fuqarolar murojaatlarini tinglash, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy yechim topishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Buxoro tuman hokimi Anvarjon Ochilov tomonidan har juma kuni tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar qabuli, har seshanba kuni esa mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi sayyor qabul Oybek mahallasida bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla aholisi o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan tuman hokimiga murojaat qildi.
Muloqot davomida fuqarolarning bandlik, tadbirkorlik, yer va uy-joy, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar hamda boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni qonuniy va amaliy hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
Bunday sayyor qabullar fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va aholining murojaatlariga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Har bir murojaat ortida inson qadri mujassam.









