Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-09-28 11:35:00 / Yangiliklar

Buxoro tuman hokimining o‘rinbosari Elbek Jumayev tomonidan tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, yo‘l va infratuzilma, tadbirkorlik faoliyati hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, fuqarolarning muammolarini o‘rganish va ularni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Ayrim murojaatlar yuzasidan mas’ullarga muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, ijrosini ta’minlash hamda natijasi bo‘yicha fuqarolarga ma’lumot berish topshirildi.
Qabul davomida bildirilgan har bir murojaat nazoratga olinib, ularning ijrosi belgilangan tartibda ta’minlanishi qayd etildi.


