Buxoro tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Vafayev Farhod Axatovichning MUROJAATNOMASI
2026-09-07 16:35:00 / Yangiliklar

Hurmatli vatandoshlar!
Barchamizga yaxshi ma’lumki, keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, uning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
Bundan ko‘zlangan maqsad — yurtimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilish ichki ishlar organlarining ustuvor vazifalaridan biridir.
Hurmatli tuman aholisi!
Shu o‘rinda, Buxoro tumanida 2026-yilning 8 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlarga qisqacha to‘xtalib o‘tsam.
Jumladan, 2026-yilning avgust oyi davomida jami qayd etilgan umumiy jinoyatlar 305 tadan 214 taga, ya’ni 91 taga yoki 29,8 foizga kamaygan.
Jinoyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:
Jami jinoyatlarning:
- 67 tasi (31,3 foizi) — oldi olinishi lozim bo‘lgan;
- 140 tasi (65,4 foizi) — aniqlanadigan;
- 7 tasi (3,2 foizi) — kiber (AKT) jinoyatlarni tashkil etadi.
2026-yilning 8 oyida umumiy jinoyatlar (AKT jinoyatlaridan tashqari) 24,7 foizga (166/207) oshgan.
Har 100 ming aholi soniga jami jinoyatlar Buxoro tumanida o‘rtacha 116 tadan to‘g‘ri kelgan (5-o‘rin).
Jinoyat turlari bo‘yicha:
- oilaviy zo‘ravonlik — 100 foizga (3/6);
- talonchilik — 100 foizga (0/1);
- firibgarlik — 83,3 foizga (6/11);
- o‘g‘rilik — 15 foizga (20/23);
- o‘lim bilan bog‘liq YTHlar — 150 foizga (2/5);
- bezorilik — 40 foizga (5/7) oshgan;
- qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish — 50 foizga (2/1);
- qasddan badanga yengil shikast yetkazish — 50 foizga (4/2);
- yo‘l-transport hodisalari — 52,6 foizga (19/9) kamaygan.
Qotillik, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, nomusga tegish, bosqinchilik, avtotransport vositasini olib qochish jinoyatlarining oldi olingan.
Shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar:
- ishsizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar — 100 foizga (0/1) oshgan;
- voyaga yetmaganlar jinoyati — 55,6 foizga (9/4);
- ayollar jinoyati — 66,7 foizga (3/1);
- yoshlar jinoyati — 40 foizga (15/9);
- muqaddam sudlanganlar jinoyati — 22,2 foizga (9/7) kamaygan.
Shundan:
- jamoat joylarida sodir etilgan jinoyatlar — 100 foizga (5/10);
- ko‘chalarda sodir etilgan jinoyatlar — 100 foizga (4/8) ko‘paygan.
Guruh tarkibida va mast holatda jinoyatlar sodir etilmagan.
Tumandagi 36 ta mahalladan 4 tasi “qizil”, 11 tasi “sariq” va 21 tasi “yashil” toifaga kiritilgan.
“Qizil” toifadagi mahallalar: Rabotiqalmoq, Turkon, Zarmanoq va Kulonxona. Eng ko‘p jinoyat Turkon mahallasida (4 ta) sodir etilgan.
- “Qizil” toifadagi mahallalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 tadan 4 taga, ya’ni 1 taga yoki 33,3 foizga ko‘paygan.
- “Sariq” toifadagi mahallalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 tadan 11 taga, ya’ni 4 taga yoki 26,7 foizga kamaygan.
Olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida ayrim turdagi jinoyatlar kamayishiga erishilgan bo‘lsa-da, ayrim turdagi jinoyatlar oshib ketishiga yo‘l qo‘yilmoqda. Ayniqsa, o‘g‘rilik, firibgarlik, yo‘l-transport hodisalari, oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq holatlar tashvish uyg‘otmoqda.
Xuddi shuningdek, ayni kunlarda sodir etilayotgan har ikki jinoyatning biri kiber sohada sodir etilayotgan jinoyatlarni tashkil qilmoqda.
2026-yilning 8 oyi davomida jami 229 ta (2025-yilda 219 ta) murojaat kelib tushgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan 10 taga yoki 4,5 foizga kamaygan.
Murojaatlar 100 ming aholi soniga nisbatan 126 tadan (viloyatda har 100 ming aholiga 145 tadan) to‘g‘ri kelgan.
Joriy yilning 8 oyi davomida Buxoro tumanida 235 ta jinoyat ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan firibgarlik — 98 ta, o‘g‘rilik — 134 ta, aniqlangan jinoyatlar — 3 tani tashkil qiladi.
Jinoyatlar 100 ming aholi soniga nisbatan 129 tadan (viloyatda har 100 ming aholiga 176 tadan) to‘g‘ri kelgan.
Buxoro tumanida plastik kartalardan pul yechish bilan bog‘liq jinoyatlar har bir mahallaga o‘rtacha 6,4 tadan to‘g‘ri keladi.
Fuqarolarga yetkazilgan zarar — 3 mlrd 247 mln so‘m (umumiy zararning 12,3 foizi)ni tashkil etdi.
Jinoyatlarning sodir etilish usullariga ko‘ra tahlili:
- 107 ta — “.APK” virusli fayllarni yuklab olish yoki soxta havolalar orqali;
- 48 ta — onlayn savdo platformalari orqali firibgarlik;
- 34 ta — turli sohalarga investitsiya kiritish orqali pulini ko‘paytirib berish haqidagi aldovlar orqali;
- 17 ta — “soxta treyding” yoki birjalarga pul tikish orqali;
- 5 ta — nomiga onlayn kredit yoki mikroqarz rasmiylashtirish orqali;
- 5 ta — sun’iy intellekt orqali rasm, tasvir yoki ovozni soxtalashtirib, firibgarlik yo‘li bilan;
- 13 ta — boshqa turdagi (kompensatsiya, sug‘urta polisi, yutuq, avtomashina, telefon, o‘quv kursi, ijara va hokazo) firibgarliklar.
Jinoyat sodir etishda foydalanilgan ijtimoiy tarmoqlar:
Telegram — 190 ta yoki 82,2 foiz.
Instagram — 41 ta yoki 17,7 foiz.
Kibermakonda sodir bo‘layotgan jinoyatlar soni bugungi kunda global muammolardan biri hisoblanadi.
Bundan buyon asosiy e’tiborni sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning asl sabablarini aniqlash va bartaraf etish masalasiga qaratamiz. Kelgusida har bir mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning asl sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi.
Dunyo miqyosida axborot texnologiyalarining rivojlanishi, XXI asr — axborot texnologiyalari asri bo‘lganligi insonlar hayotini qanchalik qulaylashtirgan bo‘lsa, ularning hayoti va shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlarni ham shunchalik oshirdi. Insonlar o‘rtasida elektron pullardan foydalanish qanchalik qulaylik yaratgan bo‘lsa, ularga nisbatan hujumlar ham shu darajada ortdi. Aynan ushbu sohalardagi xavfsizlik “kiberxavfsizlik” bilan ta’minlanadi.
Kibermakonda sodir bo‘layotgan jinoyatlar soni bugungi kunda sezilarli darajada oshdi. Kibermakondagi jinoyatlarning boshqa jinoyatlardan farqi shundaki, bu jinoyatni shaxs masofadan turib sodir etadi, inson bu jinoyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmaydi. Bunda inson hayotiga emas, balki uning ma’lumotlariga hujum qilinadi. Shu sababli bunday jinoyatlarga qarshi kurashish uchun mamlakatda samarali faoliyat yurituvchi organlar tizimini yaratish taqozo etiladi.
Hozirgi kunda Buxoro tumanida yashovchi fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish jarayonida ayrim fuqarolar Telegram ilovasi orqali “sudga chaqiruv xati.apk” hamda “bu sening fotosuratlaring.apk” nomli zararli ilovalarni o‘z telefonlariga yuklab olganliklari sababli plastik kartalaridagi pul mablag‘lari yechib ketilayotganligi aniqlanmoqda. Shuningdek, “uyda o‘tirib treyding orqali oson pul topishingiz mumkin” mazmunidagi turli yolg‘on xabarlarga ishonib, o‘zlari pul mablag‘larini yuborib, aldanib qolish holatlari ham uchramoqda.
Shu bois, har bir fuqaro o‘zini va yaqinlarini kiberfiribgarlik va raqamli tahdidlardan himoya qila olishi uchun quyidagi asosiy tavsiyalarni yodda tutishi zarur. Quyida keng tarqalgan firibgarlik usullarini eslatib o‘taman.
Kiberjinoyatlardan himoyalanishda sizning hushyorligingiz va ogohligingiz juda muhimdir.
Hurmatli tumanimiz aholisi!
Shuningdek, Prezidentimizning 2025-yil 30-apreldagi PQ–153-son qarori bilan “Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat qabul qilinib, mamlakatimizda kiberxavfsizlikni ta’minlashning normativ-huquqiy, tashkiliy va profilaktik asoslari mustahkamlandi.
Kiberjinoyatlardan jabrlanib qolmaslik uchun doimo hushyor bo‘ling. Pul evaziga nomingizga bank plastik kartasi ochib berish, firibgarlar tomonidan taklif qilinayotgan arzon narxdagi mol-mulklarni sotish kabi turli takliflar orqali plastik kartalardagi pul mablag‘larini o‘zlashtirib olish holatlari mavjudligini unutmang.
Bugungi kunga kelib, kiberfiribgarlar ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni ishontirish yo‘li bilan turli xil mol-mulklarni qo‘lga kiritmoqdalar.
Huquq-tartibot idoralari tomonidan kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, ularni “issiq izidan” fosh etish va fuqarolarning kiber savodxonligini oshirish bo‘yicha doimiy ravishda chora-tadbirlar amalga oshirilayotganiga qaramasdan, fuqarolarimiz tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar soni yuqoriligicha qolmoqda.
Kibermakonda sodir bo‘layotgan jinoyatlar soni bugungi kunda sezilarli darajada oshdi. Kibermakondagi jinoyatlarning boshqa jinoyatlardan farqi shundaki, bu jinoyatni shaxs masofadan turib sodir etadi, inson bu jinoyatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmaydi. Bunda inson hayotiga emas, balki uning ma’lumotlariga hujum qilinadi. Shu sababli bunday jinoyatlarga qarshi kurashish uchun mamlakatda samarali faoliyat yurituvchi organlar tizimini yaratish taqozo etiladi.
Yaqin tanishlaringizning akkauntidan “sudga chaqiruv xati”, “Sening rasmlaring”, “To‘yga taklifnoma” kabi boshqa nomlar ostida kelayotgan zararli “.APK” ilovalar va shubhali havolalarni ustiga bosmang hamda mobil qurilmangizga o‘rnatmang.
Onlayn savdo platformalarida narxi haqiqiy qiymatidan ancha arzon qilib ko‘rsatilgan buyumlarni xarid qilishga shoshilmang.
Ijtimoiy tarmoqlarda katta miqdordagi oylik maoshi evaziga onlayn ish taklif qilayotgan shaxslarning aldoviga uchib, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarni begona shaxslarga yubormang.
Hurmatli tumanimiz aholisi!
Jinoyatchilikning oldini olishga barchamiz birdek mas’ulmiz!
Tumanimizni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirishga o‘z hissangizni qo‘shishingizni, mol-mulklaringizni e’tiborsiz qoldirmasligingizni, shaxsingizga oid ma’lumotlar va bank kartangiz raqamlarini begona shaxslarga bermasligingizni, uy-joy va avtomashina oldi-sotdisida aldanib qolmasligingizni, bir-biringiz bilan ahil va inoq bo‘lishingizni, farzandlaringiz tarbiyasiga befarq bo‘lmasligingizni, har qanday jinoyat va huquqbuzarliklar bo‘yicha zudlik bilan hudud profilaktika inspektori va viloyat IIBning qisqa “112” raqamiga murojaat qilishingizni so‘rab qolaman.
Kelinglar, hammamiz birgalashib, mahallalarimiz va xonadonlarimizni jinoyatdan xoli hududga aylantiraylik.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadoningizga xotirjamlik, fayzu baraka tilayman!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
