Buxoro tuman hokimi Anvarjon Ochilov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
2026-08-21 14:30:00 / Yangiliklar

Aholi bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish hamda har bir masalaga amaliy yechim topish bugungi kunda davlat boshqaruvi tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularning qonuniy talab va takliflarini o‘rganish hamda muammolarini imkon qadar joyida hal etish maqsadida Buxoro tuman hokimi Anvarjon Ochilov tuman Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul davomida tumanning turli hududlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaatlarini bildirdilar. Fuqarolar tomonidan bandlik, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish, moddiy va ijtimoiy ko‘mak, uy-joy, yer munosabatlari, ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l va infratuzilma bilan bog‘liq masalalar hamda boshqa qator muammolar ko‘tarildi.
Tuman hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, fuqarolarning fikr va takliflariga alohida e’tibor qaratdi. Murojaatlarning mazmunidan kelib chiqib, ayrim masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, yechimi qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga vaziyatni joyiga chiqib o‘rganish, muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda qonunchilik talablari asosida amaliy choralar ko‘rish vazifalari yuklatildi.
Qabul jarayonida har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi, fuqarolarga berilgan topshiriqlar ijrosi qat’iy nazoratga olinishi va masalalarning ortga surilmasdan, belgilangan muddatlarda hal etilishi zarurligi ta’kidlandi.
Aholining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularni ijobiy hal etish orqali fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, inson manfaatlarini ta’minlash hamda aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Fuqarolar qabulida bildirilgan har bir murojaat — inson manfaatlari, uning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan e’tiborning amaliy ifodasidir.









