Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilovning Xitoyga tashrifi davom etmoqda
2026-08-07 16:20:00 / Yangiliklar

Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilov boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari amaliy uchrashuvlar va tajriba almashish ishlari bilan davom etmoqda.
Navbatdagi tashrif doirasida delegatsiya Shanxay provinsiyasida faoliyat yuritayotgan mevalarni qayta ishlash, meva asosida muzqaymoq ishlab chiqarish, mahsulotlarni zamonaviy usulda saqlash, qadoqlash hamda eksport qilishga ixtisoslashgan yirik korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida korxonada qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarish jarayonlari, logistika tizimi hamda eksport yo‘nalishlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar olindi. Ayniqsa, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, ularga yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish hamda xalqaro bozorlarga eksport qilish borasidagi ilg‘or tajriba alohida qiziqish uyg‘otdi.
Uchrashuv yakunida Buxoro tumanida ham mevalarni qayta ishlash, meva asosida muzqaymoq ishlab chiqarish, mahsulotlarni saqlash, qadoqlash va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadida xitoylik investorlar Buxoro tumaniga taklif etildi.
Mazkur tashrif ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalarni Buxoro tumaniga jalb etish hamda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun muhim zamin yaratishi kutilmoqda.









