Buxoro tuman hokimi Anvarjon Ochilovning hisoboti
2026-07-28 18:25:00 / Yangiliklar

“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi doirasida Buxoro tumanida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Buxoro tuman hokimi Anvarjon Ochilovning hisoboti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF–22-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturi vazifalarini hududda manzilli amalga oshirish maqsadida tuman bo‘yicha 6 ta ustuvor yo‘nalishda 126 ta chora-tadbirlardan iborat amaliy reja shakllantirildi. 2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, 73 ta band bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi yoki ijro jarayoni yo‘lga qo‘yildi, qolgan vazifalarning asosiy muddatlari ikkinchi yarim yillik va yil yakuniga belgilangan.
Qadrli tumandoshlar!
Tumanning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ijrosiga to‘xtalsam:
2025-yilda tumanda sanoat hajmi 1 412,3 mlrd so‘m, qishloq xo‘jaligi 4 947,6 mlrd so‘m va xizmatlar 1 486,3 mlrd so‘mni tashkil etdi.
- 2026-yil birinchi yarim yilligida sanoat ishlab chiqarish hajmi 1 194,4 mlrd so‘m (114,2 foiz)ga bajarildi, yil yakuni bilan 1 639,7 mlrd so‘m (108,5 foiz)ga;
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi birinchi yarim yillikda 2 198,8 mlrd so‘m (103,5 foiz)ga bajarildi, yil yakuni bilan 5 658,7 mlrd so‘m (105,9 foiz)ga;
- xizmatlar hajmi birinchi yarim yillikda 836,4 mlrd so‘m (115,3 foiz)ga bajarildi, yil yakuni bilan 1 919,9 mlrd so‘m (119,6 foiz)ga;
- qurilish hajmi birinchi yarim yillikda 494,8 mlrd so‘m (102,3 foiz)ga bajarildi, yil yakuni bilan 896,7 mlrd so‘m (117,1 foiz)ga yetkazish uchun barcha resurslarni safarbar etganmiz.
Birinchi yarim yillikda byudjet daromadlari (kontingent) 41,0 mlrd so‘mga, ya’ni 125,0 foizga bajarildi. Byudjet daromadlari (mahalliy) 75,9 mlrd so‘mga, ya’ni 127,0 foizga bajarildi.
Birinchi yarim yillikda bandlik rejasi 17 694 nafar bo‘lib, amalda 24 552 nafar, ya’ni 138,8 foizga bajarildi.
Doimiy ish o‘rinlari rejasi 1 711 nafar bo‘lsa, amalda 2 383 nafar, ya’ni 139 foiz ta’minlandi. Shundan:
- 186 nafar — investitsiya loyihalarida;
- 388 nafar — xizmat ko‘rsatish sohasida;
- 299 nafar — qishloq va fermer xo‘jaliklarida;
- 82 nafar — qurilish sohasida;
- 380 nafar — bo‘sh ish o‘rinlari orqali;
- 1 048 nafar — banklar ko‘magida ishga joylashtirildi.
Qiymati 61,9 mlrd so‘mlik 989 ta mikroloyiha orqali 2 149 nafar ish o‘rni yaratildi.
“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida birinchi yarim yillikda 6 640 nafar yoshlar va davlat xizmatchilari o‘qitildi. Yil oxirigacha jami 8 000 nafar fuqaro o‘qitilishi belgilangan.
Yil boshida 1 008 ta oilaning 4 000 nafar a’zosini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha mahallabay rejalar qabul qilindi. Birinchi yarim yillikda 662 ta (129 foiz) oilaning 2 715 nafar (133 foiz) a’zosiga daromad va bandlik xizmatlari ko‘rsatilib, 281 nafar doimiy ishga joylashtirildi, 116 nafariga imtiyozli kredit, 2 nafariga subsidiya va ssuda ajratildi, 5 nafari kasb-hunarga o‘qitildi.
Shuningdek, tijorat banklari tomonidan aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish maqsadida 2026-yilda 874,9 mlrd so‘mlik kredit ajratilishi rejalashtirilgan.
Birinchi yarim yillikda reja 375,0 mlrd so‘m bo‘lib, **459,6 mlrd so‘m (112 foiz)**ga bajarildi.
Shundan:
Kichik va o‘rta biznesga 2026-yilda 525,0 mlrd so‘m kredit ajratish rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi yarim yillik reja 256,0 mlrd so‘mni tashkil etdi. Amalda **318,6 mlrd so‘m (124,4 foiz)**ga bajarildi.
Jumladan:
Dasturlar doirasida yillik kredit ajratish rejasi 192,0 mlrd so‘m.
Birinchi yarim yillik reja 87,0 mlrd so‘m bo‘lib, **115,3 mlrd so‘m (132 foiz)**ga bajarildi.
Shundan:
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida yillik reja 43,7 mlrd so‘m.
Birinchi yarim yillik reja 20,8 mlrd so‘m bo‘lib, **23,1 mlrd so‘m (111 foiz)**ga;
"Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash" dasturi doirasida yillik reja 26,0 mlrd so‘m.
Birinchi yarim yillik reja 11,2 mlrd so‘m bo‘lib, **15,8 mlrd so‘m (141 foiz)**ga;
"Biznesga birinchi qadam" dasturi doirasida yillik reja 16,8 mlrd so‘m.
Birinchi yarim yillik reja 9,4 mlrd so‘m bo‘lib, **16,5 mlrd so‘m (176 foiz)**ga;
"Mahalla loyihasi" dasturi doirasida yillik reja 105,4 mlrd so‘m.
Birinchi yarim yillik reja 45,5 mlrd so‘m bo‘lib, **59,6 mlrd so‘m (131 foiz)**ga bajarildi.
Eksport 7,8 mln AQSH dollariga yetkazilib, reja 222 foizga bajarildi, 152,0 mln AQSH dollarlik xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. Hududiy dastur doirasida qiymati 107,8 mlrd so‘mlik 11 ta loyiha ishga tushishi natijasida 339 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.
2026-yilda tumanda jami dasturlar bo‘yicha 86 ta obyektda 341,9 mlrd so‘m mablag‘ evaziga qurilish-montaj ishlari amalga oshiriladi.
- OPEK (inglizcha OPEC — The Organization of the Petroleum Exporting Countries, ya’ni neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti) xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi dasturi bo‘yicha 65 ta obyektda 181,5 mlrd so‘mlik ishlar amalga oshiriladi.
- VM–300 bo‘yicha 10 ta obyektda 42,9 mlrd so‘m.
- VM–393 bo‘yicha 11 ta obyektda 117,5 mlrd so‘m.
VM–300-son qarori ijrosi (2026-yil).
Tumanda jami 10 ta ijtimoiy soha obyektini qayta qurish va mukammal ta’mirlash ishlarini bajarish rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun: 5 ta umumta’lim maktabi, 3 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti va 2 ta sog‘liqni saqlash muassasasida ishlar amalga oshiriladi.
VM–393-son qarori ijrosi bo‘yicha 2026-yilda "Investitsiya" dasturi orqali 3 ta maktab, 1 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta oliy ta’lim muassasasi, 3 ta ichimlik suvi va oqova tarmoqlari, 1 ta issiqlik tarmog‘i, 1 ta avtomobil yo‘li hamda 1 ta irrigatsiya tarmog‘ida qurilish-montaj ishlari olib boriladi.
"Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki" mablag‘lari hisobidan tumandagi 8 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshiriladi. Jumladan, 10 ta maktab, 9
ta maktabgacha ta’lim tashkiloti, 4 ta sog‘liqni saqlash muassasasi, 31,2 km ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, elektr ta’minoti bo‘yicha 4 dona transformator punkti o‘rnatiladi va 6 km tarmoq tortiladi. 42,1 km ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanib, 2026-yil yakuniga qadar foydalanishga topshiriladi.
Ko‘p qavatli uy-joylar qurish bo‘yicha 2026-yilda 1 702 ta xonadondan iborat bo‘lgan uylar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 27 ta ko‘p qavatli uy-joyda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida joriy yilning bahor-kuz mavsumi uchun jami 1 600,83 ming dona daraxt hamda buta ko‘chatlari ekiladi hamda 1 ta “Yashil jamoat” parki barpo etiladi.
Bahor mavsumi uchun 523,70 ming dona daraxt hamda buta ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, rejaga nisbatan 105,82 foiz, ya’ni 554,20 ming dona har xil turdagi daraxt va butalar ekildi.
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, suvning sifatini yaxshilash va suv iste’molini hisobga olishning zamonaviy tizimlari asosida aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini bugungi kundagi 93 foizdan 98,4 foizga yetkazish 2026-yil yakuniga qadar rejalashtirilgan.
Avtomobil yo‘llari va ko‘priklar bo‘yicha 2026-yilda dastur doirasida ichki yo‘llarning holatini yaxshilash maqsadida jami 27,3 km tuproq va ta’mirtalab yo‘llarni asfaltlashtirish hamda shag‘allashtirish bo‘yicha dastur tasdiqlangan. Jumladan, yanvar–may oylarida Sohibkor MFY hududidagi mahalliy avtomobil yo‘lining 1,8 km qismi to‘liq asfaltlashtirildi hamda 1 ta ko‘prikda rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bajarildi.
Elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha 2026-yilda tumandagi jami 38 603 ta (shundan aholi – 36 744 ta, ulgurji – 1 859 ta) iste’molchiga bir maromda elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha dastur doirasida tegishli ta’mirlash ishlari olib borildi.
Jumladan, 73,6 km yuqori kuchlanishli va 129,5 km past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari, 65 ta past kuchlanishli transformator punktida ta’mirlash ishlari to‘liq bajarilmoqda.
Tabiiy gaz ta’minoti bo‘yicha bugungi kunda tumanda 26 605 ta (shundan aholi – 25 985 ta, ulgurji – 620 ta) tabiiy gaz iste’molchisiga bir maromda tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida rejalashtirilgan 16,3 km gaz tarmoqlari rekonstruksiya qilindi, 3 ta gaz taqsimlash punktida mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, 47,6 km gaz quvurlarida bosim ostida sinash va tozalash ishlari bajarilmoqda, 101,1 km yer osti gaz quvurlarining holati tekshirildi hamda 57,9 km quvurlarni tartibga keltirish (bo‘yash) ishlari to‘liq bajariladi.
2026-yilda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida:
- Pilla qutilari soni – 4 317 dona, yetishtiriladigan hosil – 259 tonna, amalda 267 tonna (103,1 foiz);
- Paxta – 7 200 gektar, 53,8 s/ga, 38 030 tonna (113 foiz);
- G‘alla – 5 462 gektar, 98,8 s/ga, 53 950 tonna (109 foiz);
- Sabzavotlar – 58 113 tonna (117 foiz);
- Kartoshka – 12 375 tonna (107 foiz);
- Poliz mahsulotlari – 8 880 tonna (109 foiz);
- Meva va rezavorlar – 63 240 tonna (112 foiz);
- Uzum – 24 640 tonna (118 foiz) yetishtirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 22,5 km uzunlikdagi Jo‘yzar kanalining suv o‘tkazish qobiliyati pasayib ketgan edi. Prezidentimiz yaratib bergan shart-sharoitlar natijasida hozirda mazkur kanalning 7,0 km qismi betonlashtirildi. Qolgan qismining
betonlashtirilishi natijasida kanalning foydali ish koeffitsiyenti 0,65 dan 0,90 ga yetkazilib, har yili 12,0 mln m³ suv iqtisod qilinishiga erishiladi. Natijada 13 487 gektar maydonning suv ta’minoti yaxshilanadi.
Tumanda 144 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida 10 870 nafar bola, 53 ta umumta’lim muassasasida 24 532 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. 28 ta (11 ta DMTT va 17 ta maktab) ta’lim obyektida qurilish-ta’mirlash ishlari davom etmoqda.
Maktablar ehtiyoji asosida 7 nafar xorijiy mutaxassisga talab taqdim etildi, pedagoglarni xorijda malaka oshirishga yuborish uchun nomzodlar tanlandi. Keyingi bosqichda yangi baholash tizimi joriy etiladigan maktablar soni 52 taga (100 foiz) yetkazilib, kasbiy ta’lim ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘lanadi.
Tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 36 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 3 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti, 23 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda 80 ta oilaviy, jami 142 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida 2 ta nodavlat (170 o‘rin) va 1 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish orqali qamrov darajasini 81,1 foizga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 82,9 foizga bajarilishi kutilmoqda. Yil yakuni bilan 84,4 foizga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, 86 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz.
Aholiga 21 ta tibbiyot muassasasi xizmat ko‘rsatmoqda.
18–40 yoshdagi 39 ming 900 nafardan ortiq fuqaro profilaktik ko‘rikdan, 3 251 nafar ayol mammoskriningdan, 3 319 nafari bachadon bo‘yni saratoni bo‘yicha, 26 122 nafar fuqaro kardiologik va 34 560 nafari endokrinologik skriningdan o‘tkazildi.
40 yoshdan oshgan aholi o‘rtasida yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va sil kasalligini erta aniqlash, bolalarni 13 turdagi vaksina bilan emlash, irsiy va onkologik kasalliklarni skrining qilish ishlari davom etmoqda.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratish maqsadida Galaosiyo mahallasidagi Buxoro shoh ko‘chasida 600 metr uzunlikdagi nogironligi bo‘lgan shaxslar va velosiped haydovchilari uchun maxsus yo‘lak barpo etilishi rejalashtirilgan.
IT Park rezidentlari soni 3 taga, IT xizmatlari hajmi 333,4 mln so‘mga, ish o‘rinlari soni esa 7 taga yetdi.
Mahalla, davlat boshqaruvi va xavfsiz jamiyat
Bandlik, mikroloyiha, yo‘l, suv, energiya va obodonlashtirish ishlari mahalla kesimida rejalashtirildi. Korrupsiyaga qarshi bilimlarni oshirish, hujjat aylanishini “E-qaror” tizimiga to‘liq o‘tkazish, ochiqlik va aholi bilan muloqotni kuchaytirish nazoratga olindi.
Xavfsiz jamiyat yo‘nalishida qonuniy tashqi mehnat migratsiyasi, zilzila va tabiiy ofatlar vaqtida to‘g‘ri harakatlanish, harbiy-vatanparvarlik va millatlararo totuvlik tadbirlarini yil davomida to‘liq bajarish, har bir band bo‘yicha aniq natija va tasdiqlovchi hujjatlarni shakllantirish vazifasi belgilandi.
Hurmatli tumandoshlar!
Ikkinchi yarim yillikda har bir chora-tadbir oyma-oy tarmoq jadvali asosida nazorat qilinadi. Baholashda rejaviy axborot emas, balki amalda yaratilgan ish o‘rni, xizmat ko‘rsatilgan fuqaro, ishga tushirilgan obyekt, o‘zlashtirilgan mablag‘ va erishilgan natija asosiy mezon bo‘ladi.
Kechikish xavfi mavjud bo‘lgan bandlar mutasaddi rahbarlar ishtirokida joyida hal etiladi, ijro tuman Kengashining doimiy komissiyalari va jamoatchilik nazorati bilan uyg‘un holda tashkil etiladi.
Yil yakuniga qadar sanoat, xizmatlar, qishloq xo‘jaligi, qurilish, investitsiya va eksport bo‘yicha belgilangan marralarga erishish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda daromadli loyihalarni ko‘paytirish, ijtimoiy va muhandislik infratuzilmasini yaxshilash hamda Davlat dasturining barcha bandlarini to‘liq va sifatli bajarish uchun mavjud imkoniyatlar safarbar etiladi.
