RASMIY MUNOSABAT
2026-07-21 18:55:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro tumani, “Kunjiqal’a” MFY hududidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydoni yuzasidan tarqalgan murojaat Buxoro tumani hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
Mazkur holatni har tomonlama o‘rganish maqsadida tuman hokimligi tomonidan mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tuzilib, joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha va batafsil ma’lumot taqdim etiladi.
