Rasmiy munosabat
2026-06-15 15:55:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro tumani Ko‘chko'mar mahallasi Jo'yidoq qishlog‘ida yashovchi fuqaro tomonidan bolalar nafaqasi tayinlanmagani yuzasidan bildirilgan murojaat tegishli mas'ullar tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilmoqda.
Murojaatda keltirilgan holatlar, jumladan, oilaning ijtimoiy ahvoli, daromadlari hamda bolalar nafaqasini tayinlash bilan bog‘liq masalalar amaldagi qonunchilik talablari asosida vakolatli tashkilotlar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
O‘rganish yakunlariga ko‘ra, murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot belgilangan tartibda taqdim etiladi.
