Rasmiy munosabat
2026-06-09 18:50:00 / Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda Jondor avtostansiyasidan (Shalg‘amhuron hududi) boshlanib, halqa yo‘li orqali 7-, 5- va 6-mikrorayonlarning orqa qismidan avtomobillar bozorigacha bo‘lgan avtomobil yo‘lining nosoz holati yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan tegishli mas'ul tashkilotlar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur holat bo‘yicha yo‘lning texnik holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli xulosa hamda takliflar ishlab chiqilmoqda. O‘rganish yakunlariga ko‘ra, qo‘shimcha ma'lumot belgilangan tartibda taqdim etiladi.
