Buxoro tumanida “Yoshlar kuni” doirasida sportchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-06-11 10:55:00 / Yangiliklar

Har hafta payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan tuman Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Prezident olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning sport sohasidagi yutuqlari, musobaqalarga tayyorgarlik jarayonlari hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishildi. Sportchilarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, munosib sharoitlar yaratish hamda yuqori natijalarga erishishlari uchun zarur ko‘maklarni ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot jarayonida yosh sportchilarning mamlakatimiz sporti rivojiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.







