Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilov har hafta payshanba kuni o‘tkaziladigan “Yoshlar kuni” doirasida 29-DMTTda bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
2026-06-11 09:50:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonlari, guruh xonalari hamda bino va inshootlarning texnik holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar jarayonida muassasada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qurilish-ta’mirlash ishlari va infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tumani hokimi tomonidan mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, binoni ta’mirlash, hududni obodonlashtirish hamda bolajonlar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Tumanda maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda yosh avlodning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun munosib sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.









