Buxoro tumanida g‘alla o‘rim-yig‘imi qizg‘in bormoqda
2026-06-07 17:50:00 / Yangiliklar

Buxoro tumani g‘allakorlari bu yil 5 ming 452 gektar maydonda dehqonchilik qilib, qabul punktlariga har qachongidan ham mo‘l, sara don yetkazib berish uchun astoydil mehnat qilmoqdalar. Dehqonlarimiz bu yil davlatga 18 ming tonnadan ko’proq don tortiq qilishni maqsad qilishgan.
Mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil qilish maqsadida 20 ta otryad tuzilgan bo‘lib, ularga 20 ta zamonaviy kombayn hamda har bir kombaynga 5 tadan yuk avtotransport vositasi biriktirilib, g‘alla o‘rimi va tashish jarayonida faol ishtirok etmoqda.








