Buxoro tumani hokimi hamda hokim o‘rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni shaxsiy qabul qilish jadvali tasdiqlandi.
2026-06-08 10:50:00 / Yangiliklar

Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq fuqarolar qabuli quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
🔹 Anvarjon Ochilov — Buxoro tumani hokimining qabuli har haftaning juma kuni soat 10:00 da;
🔹 Sarvar Ochilov — tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari qabuli har haftaning payshanba kuni soat 10:00 da;
🔹 Elbek Jumayev — tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari qabuli har haftaning seshanba kuni soat 10:00 da;
🔹 Sobir Hamroyev — tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari qabuli har haftaning chorshanba kuni soat 10:00 da;
🔹 Karim Abdullayev — tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari qabuli har haftaning dushanba kuni soat 10:00 da;
🔹 Farxodjon Sharipov — tuman hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari qabuli har haftaning chorshanba kuni soat 14:00 da.
📍 Eslatib o‘tamiz, fuqarolar qabuli Buxoro tumani Xalq qabulxonasi binosida o‘tkaziladi.
Muammo, taklif va murojaati bo‘lgan barcha fuqarolarni qabulda ishtirok etishga taklif etamiz.
