Buxoro tumani: Texnikalar shayligi ko‘zdan kechirildi
2026-05-19 14:05:00 / Yangiliklar

Rizq-ro‘zimiz manbai hisoblangan bug‘doy hosili pishib yetilmoqda. Uni nest-nobud qilmasdan o‘rib-yig‘ib olish esa nihoyatda muhim. Joriy yilda Buxoro tumanida 2026-yil hosili uchun 5 ming 462 gektar maydonda boshoqli don ekinlari ekilib, parvarish qilinmoqda.
Bugun tuman hokimi Anvarjon Ochilov "Agroservis Galaosiyo MTP" MCHJda joriy yilgi g‘alla o‘rish mavsumida qatnashadigan texnikalarning mavsumga shayligi holatini ko‘zdan kechirdi.
Tuman rahbari tomonidan g‘alla hosili o‘rimiga qatnashuvchi kombayn va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash ishlarining belgilangan muddatda va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullarga kerakli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.








