Sayyor qabul yakunida Buxoro tuman hokimi Anvarjon Ochilov Arabxona mahallasida joylashgan oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
2026-04-28 14:30:00 / Yangiliklar

Tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, mavjud muammolar va ehtiyojlar atroflicha o‘rganildi. Mutaxassislar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish hamda aholiga qulaylik yaratish borasida tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda tibbiyot xodimlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari alohida nazoratga olindi.




