O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tashakkurnomasi topshirildi
2026-04-03 10:35:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 27–29 mart kunlari Buxoro viloyati Buxoro tumanida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining “Chavandozlar maktabi” hududida qorabayir zotli otlar ishtirokida V xalqaro uloq-ko‘pkari turniri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirni yuqori saviyada tashkil etishdagi xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni nomidan tashakkurnoma Buxoro tuman hokimi Anvarjon Ochilovga topshirildi.
Ushbu xalqaro turnir milliy sportimizni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, shuningdek, turli davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
