Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurash — muhim vazifa
2026-04-02 13:10:00 / Yangiliklar

Ayni damda Buxoro tumanida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur tadbir tuman hokimi Anvarjon Ochilov boshchiligidagi mas’ullar hamda 1-son texnikum o‘quvchi yoshlari ishtirokida tashkil etilgan.
Suhbat davomida yoshlar o‘rtasida zararli illatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilinmoqda.
Yoshlarni turli zararli ta’sirlardan asrash, ularning ongida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.







