Vatanga xizmat qilib qaytgan yoshlar e’tiborda
2026-04-02 10:10:00 / Yangiliklar

Ayni damda Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilov boshchiligidagi mas’ullar tuman hokimligida 1 yillik harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Mazkur muloqot davomida yoshlarning harbiy xizmat jarayonida orttirgan tajribalari, bugungi kundagi maqsad va rejalari tinglanib, ularning kelgusida bandligini ta’minlash, kasb-hunar egallashi hamda jamiyat hayotida faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga mavjud imkoniyatlar yaratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish yuzasidan zarur tavsiyalar berilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilda Buxoro tumanidan jami 108 nafar yoshlar harbiy xizmatni o‘tash uchun safarbar etilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ularning 60 nafardan ortig‘i o‘z xizmatini sharaf bilan yakunlab, ona yurtiga qaytib kelgan.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda Vatanga sadoqat ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.








