Buxoro tumani: joriy yilda 411 gektar maydonda kartoshka ekiladi
2026-03-24 09:30:00 / Yangiliklar

Buxoro tumanida joriy yilda 411 gektar maydonda kartoshka ekish rejalashtirilgan bo‘lib, ayni kunlarda dalalarda qizg‘in ishlar olib borilmoqda.
Hududdagi fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan yerlarni ekishga tayyorlash, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish hamda sifatli urug‘lik kartoshkadan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tuproqni yumshatish, o‘g‘itlash, sug‘orish tizimlarini tayyorlash kabi ishlar izchil tashkil etilmoqda.
Kartoshka yetishtirish hajmini kengaytirish orqali tuman aholisini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, ichki bozorni to‘ldirish hamda narx-navo barqarorligini saqlash ko‘zda tutilgan.
Ayni paytda dalalarda olib borilayotgan tizimli va samarali ishlar kelgusida yuqori hosil olish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.





