Kulonxona mahallasida sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari tinglandi
2026-03-17 19:25:00 / Yangiliklar

Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilov rahbarligida fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash va tezkor yechim topish maqsadida mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda. Shu jumladan, so‘nggi navbatdagi sayyor qabul Kulonxona mahallasida tashkil etildi.
Tadbirda mahalla aholisi o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, jumladan bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yer va uy-joy masalalari, shuningdek infratuzilma va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq murojaatlarini bildirdi.
Tuman hokimi barcha murojaatlarni diqqat bilan tinglab, mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi. Ba’zi murojaatlar joyida hal etildi, qolganlari esa qo‘shimcha o‘rganish va nazoratga olinishi belgilandi.









