Halollik va ochiqlik — davlat xizmatining muhim tamoyili
2026-03-12 18:30:00 / Yangiliklar

Buxoro tuman hokimligi apparati xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Tadbirda davlat xizmatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish hamda korrupsion holatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminarda Buxoro tuman adliya bo‘limi boshlig‘i U.To‘xtayev ma’ruza qilib, davlat organlari faoliyatida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berdi. Shuningdek, amaldagi qonunchilik talablari, davlat xizmatchilari uchun belgilangan cheklov va majburiyatlar haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar.
Seminar yakunida davlat xizmatida halollik, mas’uliyat va qonun ustuvorligini ta’minlash har bir xodimning muhim vazifasi ekani alohida ta’kidlandi.


