Xalq deputatlari Buxoro tumani Kengashining 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2026-01-15 10:35:00 / Yangiliklar

15-yanvar kuni Buxoro tumani hokimligida Xalq deputatlari Buxoro tumani Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, hokimlik rahbariyati, tegishli tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Kun tartibidan huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, “Tashabbusli byudjet” mablag‘laridan foydalanish, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi bilan bog‘liq masalalar o‘rin oldi.
Sessiya yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.









