Navbatdagi “Hokimlik soati”da vazifalar ijrosi muhokama qilindi
2026-01-12 13:30:00 / Yangiliklar

Buxoro tumani hokimi Anvarjon Ochilov rahbarligida bugun tuman hokimligida “Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tashkilot, korxona hamda muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda, viloyat hokimi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan soha rahbarlari axborot berishdi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda tuman hokimi tomonidan aholi bandligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish, murojaatlar bilan tizimli ishlash, mahalla yettiligi faoliyati, yer va mol mulk soliq tushumlari undirilishi, biriktirilgan kambag'al oilalar va yoshlar bilan ishlash hamda ularga amaliy yordam ko'rsatilishi holati tahlil qilinib, bajarilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar belgilab berildi.







