Buxoro tuman hokimi Anvarjon Ochilovning murojaati
2025-09-08 10:50:00 / Korrupsiyaga qarshi kurash

Mamlakatimizda davlat va jamiyat boshqaruvining turli sohalarida korrupsiyaning oldini olish hamda unga qarshi kurashish borasida keskin va murosasiz kurash olib borishga jiddiy kirishildi.
Shunga qaramay mazkur illat jamiyatimizda uchrayotganligi mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda.
Ish faoliyatimizda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lish, xalqimizga halol va sadoqat bilan xizmat qilishni asosiy burchimiz va vazifamiz, deb bilaylik!
Yurtimizning bugungi va ertangi kuni, yorug‘ kelajagi uchun avvalambor o‘zimiz mas’ul ekanligimizni unutmaylik!
Barchangizni birgalikda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borishga da’vat qilaman!
