Buxoro tuman hokimligida “Korrupsiya — davlat va jamiyat taraqqiyoti kushandasi” mavzusida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
2025-08-20 14:30:00 / Korrupsiyaga qarshi kurash

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2025-yilning 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda hokimlik boshqaruv apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining bu boradagi shaxsiy mas’uliyati oshirish qaratildi.
O‘quv davomida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida joriy etilayotgan yangi amaliyotlar, jumladan, korrupsiyaga qarshi komplians-nazorat tizimi, korrupsion xavf-xatarlarni baholash, davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi kurashishlari uchun ularni tizimli ravishda o‘qitish borasida olib borilayotgan ishlar xususida ma'lumotlar berib o'tildi.


