Korrupsiya – islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq
2025-08-29 14:30:00 / Korrupsiyaga qarshi kurash

Buxoro tuman hokimligi apparati xodimlari ishtirokida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda davlat xizmatchilari tomonidan poraxo‘rlik va mansab mavqeini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilishi davlat hokimiyatining obro‘sizlanishiga, mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va huquqiy tizimiga putur yetkazishiga, natijada amaldagi hokimiyatga nisbatan noroziliklarga sabab bo‘lishi haqida so‘z yuritildi.
Yig‘ilishda korrupsiyani oldini olish va unga barham berish choralari bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.



