Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sadullayev Buxoro tumanidagi Yoshlar markazi faoliyati bilan tanishdi
2025-12-21 11:45:00 / Yangiliklar

Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sadullayev Buxoro tumaniga tashrifi doirasida tuman Yoshlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida markazda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan loyihalar hamda amalga oshirilayotgan dasturlar ko‘zdan kechirildi.
Markazda yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, kasb-hunar o‘rganish, zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash, ijodiy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tashrif yakunida Yoshlar markazi faoliyatini yanada rivojlantirish, yoshlar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur tashrif yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.







