Buxoro tuman hokimi Anvarjon Ochilovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi
2025-12-05 11:25:00 / Yangiliklar

Bugun 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro tuman Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi Anvarjon Ochilov fuqarolar qabuli o‘tkazdi. Qabul jarayonida tuman tashkilotlari rahbarlari ham ishtirok etib, aholining murojaatlarini joyida tinglashdi.
Fuqarolar tomonidan asosan kadastr hujjatlari, moddiy yordam tayinlash, sog‘liqni tiklash bo‘yicha amaliy yordam kabi masalalarda murojaatlar bildirildi. Ko‘plab murojaatlar shu yerning o‘zida hal etildi. Yechimi vaqt talab qiladigan yoki qo‘shimcha o‘rganish zarur bo‘lgan masalalar esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi tuman hokimligi tomonidan qat’iy nazoratga olindi.
Bunday uchrashuvlar fuqarolarning muammolarini bevosita hokim va mas’ullar ishtirokida muhokama qilish, ularni tezkor va samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.








