Bosh sahifaAxborot xizmatiSaytdan foydalanish, shuningdek, saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo‘yicha yo‘riqnoma
12+
Saytdan foydalanish, shuningdek, saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo‘yicha yo‘riqnoma
2025-11-01 09:30:00 / Saytdan foydalanish, shuningdek, saytdagi mavjud atamalarning ahamiyati bo‘yicha yo‘riqnoma
BOSH SAHIFA |
Buxoro viloyati hokimligi rasmiy veb saytida “Hokimiyat haqida”, “Faoliyat”, “Davlat xizmatlari”, “Hujjatlar”, “Ochiq ma’lumotlar”, “Axborot xizmati” ruknlari mavjud. |
|
|
“Hokimiyat haqida”gi bo‘limida rahbariyat, hokimlik apparat xodimlari, tashkiliy tuzilma, tuman va shahar hokimlari, viloyat tashkilotlari hamda bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot joylashtirilgan. |
FAOLIYAT BO‘LIMI |
“Faoliyat” bo‘limida sohalar bo‘yicha ma’lumotlar ya’ni turizm, qishloq xo‘jaligi, iqtisod, sport haqida ma’lumotlar hamda yoshlar, xotin-qizlar yo‘nalishida qilinayotgan ishlar yoritib borilgan. Ommaviy tadbirlar bo‘limida 2024-2025-yillarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan press-tadbirlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar joylashtirilgan. |
|
“Hujjatlar” bo‘limida esa Davlat dasturlari, ishlab chiqilayotgan hujjat loyihalari, ochiq budjet ma’lumotlari va yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha hisobotlar bilan boyitilgan. |
OCHIQ MA'LUMOTLAR BO'LIMI |
“Ochiq ma’lumotlar” ruknida ahamiyatga molik ochiq ma’lumotlar, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilingan ishlar, konstitutsiya sahifasi hamda jamoatchilik kengashi faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar qo‘yilgan. |
AXBOROT XIZMATI BO'LIMI |
“Axborot xizmati” bo‘limida rahbariyatning bayonotlari, majlislar bo‘yicha ma’lumotlar, taqvim, tadbir press-relizlari, turli yo‘nalishdagi yangiliklar. matbuot anjumanlari yoritilib boriladi. |
VEB-SAYTDA FOYDALANILGAN ATAMALAR
№ |
ATAMALAR |
IZOH |
1. |
PF-6247 |
Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida. |
2. |
PF-154 |
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida. |
3. |
Kapital qo'yilmalar |
Kapital mablagʻlar — ishlab chiqarish va noishlab chiqarishga tegishli asosiy fondlarni yaratishga, ularni yangilashga va harakatdagi fondlarni koʻpaytirishga, obʼyektlarni qurishga sarf qilinadigan mablagʻ. |
4. |
Jamoatchilik Kengashi |
Birgalikda muloqot qilish, davlat organining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini ta’minlash uchun davlat organini fuqarolar bilan bog‘lab turadigan «ko‘prik» rolini bajaradi. |
5. |
Ko‘chmas mulk |
Ko‘chmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan ob’yektlar kiradi. |
6. |
Xizmat safari |
Xizmat safari deb xodimni tashkilot, muassasa, birlashma, korxona rahbarini farmoyishlari bo‘yicha, o‘zining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir muddatga yuborilishi (borib-kelish) tushuniladi. |
7. |
Aksiyador |
Aksiyaning egasi, undan naf ko‘ruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Aksiyadorlik jamiyatining a’zosi, o‘z aksiyasini tasarruf eta oladi. |
8. |
Davlat budjeti |
Davlat budjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. |
9. |
Ochiq ma’lumotlar |
Ochiq ma’lumotlar - ko‘p marotaba, mustaqil va bepul foydalanish maqsadida, odam tomonidan dastlab o‘zgartirilmagan holda avtomat ravishda qayta ishlashni ta’minlaydigan formatda shakllantirilgan, «Internet» tarmog‘iga tizimlashtirilgan ma’lumotlar ko‘rinishida joylashtirilgan ma’lumotlardir. |
10. |
Press-reliz |
Tashkilot matbuot xizmatining ommaviy axborot vositalari uchun tayyorlagan xabarnomasidir. |
