Buvayda tuman delegatsiyasi Xitoyning “Tiechen” kompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazdi
2025-09-11 09:30:00 / Yangiliklar
Buvayda tuman delegatsiyasi Xitoyning Shansi provinsiyasida joylashgan, og‘ir texnikalar ishlab chiqarishda yetakchi hisoblangan “Tiechen” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. Korxonada kon sanoati uchun mo‘ljallangan yuk mashinalari ishlab chiqarilib, ular dizel, gaz va elektr quvvatida harakatlanadi.

Tashrif davomida kompaniya rahbariyati bilan Farg‘ona viloyatida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yangi investitsiya loyihalari yuzasidan muzokaralar olib borildi. Delegatsiya viloyatdagi mavjud infratuzilma, sarmoyaviy imkoniyatlar va berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Muzokatalar yakunida “Tiechen” kompaniyasi rahbariyati joriy yilning oxirida Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurib, investitsion hamkorlik masalalarini amaliy bosqichga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.






