BUVAYDA TUMAN KENGASHINING 32-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2026-11-06 13:25:00 / Yangiliklar

Sessiya kun tartibiga tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, budjet ijrosi, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirishga oid 8 ta masala kiritildi.
Jumladan, 2026-yilning III choragida amalga oshirilgan ishlar va yil yakuniga qadar belgilangan vazifalar, tumanni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish hamda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, 2027-yilda ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamini ish bilan ta’minlash uchun ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish, kuzgi mavsum uchun “Yashil dastur”ni tasdiqlash, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda yoshlar muammolarini hal etish va ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlari tinglanib, deputatlar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar asosida tegishli qarorlar qabul qilindi









