HAKIMTO‘RADA YANGI FUTBOL MAYDONI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2026-11-05 10:30:00 / Yangiliklar

Uchrashuv doirasida 27-umumta’lim maktabi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan yangi futbol maydoni foydalanishga topshirildi.
Loyiha tashabbuskori To‘lashev Doniyorjon bo‘lib, umumiy qiymati 1 milliard so‘mni tashkil etadi. O‘lchami 55x30 metr bo‘lgan maydon 70 nafardan ziyod yoshning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun imkoniyat yaratadi.
Ochilish marosimida tuman prokurori Ziyovuddin Sulaymonov, hokim o‘rinbosari G‘ayratjon Mamajonov, sportchi yoshlar, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar bilan muloqot qilinib, ularning sportga bo‘lgan qiziqishi, yaratilayotgan sharoitlar va kelgusidagi rejalari yuzasidan fikr almashildi.
Yangi maydon mahallada yoshlar sportini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.









