JAHON CHEMPIONATI SOVRINDORI MUNOSIB TAQDIRLANDI
2026-10-31 10:30:00 / Yangiliklar
Buvayda tumani Ing‘irchoq mahallasida yashovchi Zulfiqor Adhamjonov Chernogoriyaning Budva shahrida boks bo‘yicha U-19 yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ushbu munosabat bilan tuman hokimi o‘rinbosari G‘ayratjon Mamajonov hamda keng jamoatchilik vakillari yosh sportchini samimiy tabrikladilar. Unga tuman hokimining sovg‘asi va tashakkurnomasi topshirildi.
Tadbir davomida Zulfiqorning sportdagi yutug‘iga munosib hissa qo‘shgan murabbiyi va onasining mehnati ham alohida e’tirof etildi.
Yosh sportchining xalqaro maydondagi muvaffaqiyati — uning tinimsiz mehnati, murabbiyining fidoyiligi va oilasining qo‘llab-quvvatlashi samarasidir. Bu yutuq Buvayda yoshlari uchun ham katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.





