BUVAYDA TUMANI MARKAZIDA XITOY INVESTITSIYASI ASOSIDA YANGI SAVDO MARKAZI OCHILDI
2026-10-29 10:55:00 / Yangiliklar
Buvayda tumani markazida xitoylik investorlar tomonidan amalga oshirilgan “YI SHI JIE” kiyim-kechak savdo markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi Behzodjon Ibragimov, tuman rahbariyati hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Qiymati 4 million AQSH dollariga teng bo‘lgan loyiha doirasida 100 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.
Yangi savdo markazining ish boshlashi tumanda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasidagi muhim qadamlardan biridir.







