BUVAYDADA 1,6 MILLIARD SO‘MLIK YOPIQ FUTBOL MAYDONCHASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2026-10-29 09:30:00 / Yangiliklar
Buvayda tumanidagi Maslahat mahallasida joylashgan 4-umumta’lim maktabida zamonaviy, usti yopiq futbol maydonchasi foydalanishga topshirildi.

Mazkur inshoot maktab jamoasi va ota-onalar tashabbusi bilan “Ochiq budjet” loyihasida g‘olib bo‘lib, 1 milliard 640 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etildi.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Behzodjon Ibragimov, tuman rahbariyati, ota-onalar, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Har payshanba — Yoshlar kuni doirasida foydalanishga topshirilgan ushbu sport maskani o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishi va futbolga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.









