BUVAYDADA “ZULFIYA IZDOSHLARI” KO‘RIK-TANLOVINING TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI
2026-10-26 10:30:00 / Yangiliklar
Buvayda tumanida iqtidorli, bilimli, tashabbuskor va faol qizlarni aniqlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Zulfiya izdoshlari” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovni tuman hokimi o‘rinbosari K. Mirsaidova ochib berib, Zulfiya nomidagi davlat mukofotining yosh avlod, xususan, iqtidorli qizlarni ilm-fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va boshqa yo‘nalishlarda yuksak natijalarga erishishga rag‘batlantirishdagi ahamiyatini ta’kidladi.
Tanlov davomida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyati, ijodiy ishlari, erishgan yutuqlari hamda jamoatchilik faoliyatini namoyish etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, munosib deb topilgan ishtirokchilar tanlovning viloyat bosqichida qatnashish uchun tavsiya etildi. G‘olib va faol ishtirokchilar faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.






