BUVAYDADA “GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!” SPORT MARAFONI O‘TKAZILDI
2026-10-14 10:30:00 / Yangiliklar
Buvayda tumanida xotin-qizlar o‘rtasida “Giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida yurish sport marafoni tashkil etildi.

Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-son Farmoni bilan tasdiqlangan Milliy dastur ijrosi hamda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilayotgan keng qamrovli tezkor-profilaktik oylik doirasida tashkil etildi.
Marafonning asosiy maqsadi — xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’moliga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.
Tadbir ishtirokchilari sog‘lom hayot sari tashlangan har bir qadam yoshlar va jamiyat kelajagini zararli illatlardan asrashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.




