Ommaviy qabul: murojaatlar yechimga yo‘naltirildi
2026-10-06 09:45:00 / Yangiliklar
Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov fuqarolarni ommaviy qabul qilib, ularning murojaatlarini bevosita tingladi.

Qabulda bildirilgan masalalar mas’ullar bilan birgalikda ko‘rib chiqilib, har bir murojaat bo‘yicha uni hal etish yo‘nalishi va mas’ul tashkilotlar belgilandi.
Ayrim masalalarni joyida hal etish, qo‘shimcha o‘rganish talab etilgan murojaatlar bo‘yicha esa amaliy choralar ko‘rish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Murojaatlar ijrosi hokimlik tomonidan nazoratga olindi.



