Bachqir yoshlari uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochildi
2026-09-17 10:30:00 / Yangiliklar
Yoshlar uchun eng yaxshi tuhfa — ularga o‘z iste’dodini namoyon etish uchun imkoniyat yaratishdir.

Har payshanba — “Yoshlar kuni” doirasida Buvayda tumani hokimi Behzodjon Ibragimov hamda tuman rahbariyati Bachqir mahallasidagi sportchi yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida yosh tadbirkor Ermamatov Jasurbek Dilshodjon o‘g‘li tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilgan zamonaviy sport majmuasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Endi Bachqir yoshlari uchun sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish va o‘z iqtidorini namoyon etish uchun yana bir yangi maskan mavjud.
Bu shunchaki sport inshooti emas — yoshlarning orzulari sari qo‘yilgan navbatdagi qadam.









