Sog‘lom oila — baxtli jamiyat poydevori
2026-09-10 10:30:00 / Yangiliklar
Kun qanday boshlansa, kayfiyat ham shunday davom etadi. Erta tongdan Buvayda tumanida “Sog‘lom oila uchun birlashaylik” shiori ostida yurish marafoni tashkil etildi.

Unda xotin-qizlar, yoshlar va faol jamoatchilik vakillari ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga o‘z hissasini qo‘shdi.
Marafon tuman markaziy o‘yingohida sport murabbiylari boshchiligidagi ertalabki badantarbiya mashqlari bilan davom etdi.
Sog‘lom oila — sog‘lom avlod, sog‘lom avlod — kuchli jamiyat.









